“Respublika maxsus aloqa bog’lamasi” davlat unitar korxonasining rasmiy saytiga xush kelibsiz. RMAB DUK yuridik shaxslarga quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi.
» Jo’natmalar, qimmatbaxo metallar, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar, banknotlar va qimmatli qog’ozlarni tashish;
» Telekommunikatsiya xizmatlari;
» O’zbekiston Respublikasida o’tkaziluvchi siyosiy tadbirlarda ovoz kuchaytirish va ovozni sinxron tarjima qilish texnik vositalari bilan xizmat ko’rsatish.
“Respublika maxsus aloqa bog’lamasi ” DUK o’z mijozlari uchun barcha turdagi jo’natmalarni O’zbekiston Respublikasi va MDH davlatlari bo’yicha yetkazib berish uchun quyidagi xizmatlar kompleksini taklif etadi.
» Jo’natmalarni jo’natuvchining binosida qabul qilish;
» Jo’natmalarni maxsus xizmatchilar orqali qo’riqlash ;
» Jo’natmalarni saqlash;
» Jo’natmalarni sug’urta qilish;
» Moddiy javobgarlik;
Shuningdek, “Republika maxsus aloqa bog’lamasi” DUK O’zbekiston Respublikasi va MDH davlatlarinig barcha aeroportlari samolyotlari bortida ish olib borish xuquqiga ega va o’zining yuqorida sanab o’tilgan xizmatlarini ko’rsatishi uchun o’z personali hamda avtotransportidan faydalanadi.
RMAB DUK ning avtoparkida xozirgi kunga kelib 80dan ortiq turli modifikatsiyadagi avtomashinalar mavjud. Hozirda butun O’zbekiston Respublikasi va MDH davlatlari bo’ylab cho’zilgan 35 ming kilometr masofada 90 dan ortiq avto va avia maxsus aloqa mashrutlari ish olib bormoqda.
Hamkorlikga taklif etamiz.