Шаблоны Joomla 3 здесь: http://www.joomla3x.ru/joomla3-templates.html

Korhona haqida

        “Respublika   maxsus  aloqa  bog’lamasi”  davlat  unitar  korxonasining  rasmiy  saytiga  xush  kelibsiz. RMAB DUK   yuridik  shaxslarga  quyidagi  xizmatlarni  ko’rsatadi.

» Jo’natmalar, qimmatbaxo   metallar,  zargarlik  buyumlari,  qimmatbaxo  toshlar,  banknotlar  va qimmatli  qog’ozlarni  tashish;

» Telekommunikatsiya  xizmatlari;

» O’zbekiston Respublikasida o’tkaziluvchi  siyosiy  tadbirlarda  ovoz  kuchaytirish  va ovozni sinxron tarjima qilish texnik  vositalari bilan xizmat ko’rsatish.

        “Respublika  maxsus  aloqa bog’lamasi ” DUK o’z mijozlari uchun  barcha  turdagi   jo’natmalarni  O’zbekiston  Respublikasi  va MDH davlatlari  bo’yicha  yetkazib berish  uchun  quyidagi  xizmatlar kompleksini  taklif  etadi.

» Jo’natmalarni   jo’natuvchining   binosida  qabul qilish;

» Jo’natmalarni maxsus xizmatchilar  orqali  qo’riqlash ;

» Jo’natmalarni  saqlash;

» Jo’natmalarni sug’urta qilish;

» Moddiy  javobgarlik;

 

     Shuningdek,  “Republika maxsus aloqa bog’lamasi”  DUK  O’zbekiston  Respublikasi  va MDH davlatlarinig  barcha  aeroportlari  samolyotlari bortida  ish olib borish  xuquqiga  ega va  o’zining  yuqorida sanab o’tilgan  xizmatlarini ko’rsatishi  uchun  o’z personali  hamda  avtotransportidan  faydalanadi.

     RMAB DUK ning avtoparkida  xozirgi kunga kelib  80dan ortiq turli modifikatsiyadagi avtomashinalar  mavjud.  Hozirda  butun  O’zbekiston  Respublikasi   va MDH davlatlari  bo’ylab cho’zilgan  35 ming kilometr  masofada  90 dan  ortiq  avto  va avia  maxsus  aloqa mashrutlari ish  olib bormoqda.

Hamkorlikga  taklif  etamiz.