Шаблоны Joomla 3 здесь: http://www.joomla3x.ru/joomla3-templates.html

Sifat sohasidagi siyosat

SIFAT SOHASIDAGI  SIYOSAT.

1.Umumiy nizom.

1.1. RMAB DUK maxsus  jo’natmalar  va yuklarni  tashish  bozorida 1939-yildan boshlab  faoliyat  olib boradi. Hozirgi kunda  kelib  RMAB DUK grifli jo’natmalarni,  qimmatli  va  maxsus   yuklarni O’zbekiston  Respublikasi  va chet davlatlarga   tashishi  bo’yicha  keng  turdagi  xizmatlarni  taklif  etadi.

2. Sifat  sohasida   asosiy  faoliyat  yo’nalishlari:

2.1. Ko’rsatilayotgan   xizmatlar  turlarini ko’paytirish.

2.2. Ko’rsatilayotgan   xizmatlar  sifatini.

» yangi texnologiyalar  va innavatsiyalarni  joriy  etish;

» jo’natmalarni  yetkazib  berish  tezligini   oshirish;   

» jo’natmalarni  yetkazib berish  jarayonida  ularni  xavfsizligini  taminlash  chora tadbirlarini oshirish;

» jo’natmalar yetkazib berishning  barcha sikllarida  istemolchini  xabardor  etish;

» ishchilar malakasini oshirish;

» majburiyatlarni  bajarishga  kafolat  berish  orqali oshirish.

2.3. Yangi  mijozlarni  jalb qilish.

2.4. RMAB DUK sifat  menejmenti samaradorligini muntazam  oshirib borish.

3. Sifat  menejmenti asoslari.

3.1. Mijozlarga  etiborni  kuchaytirish, ularga ko’rsatilgan  xizmatlarni  sifatini oshirish.

3.2. Sifat  sohasida  o’rnatilgan talablarni  maxsus  aloqa   xodimlari  tomonidan  tanishtirishi  uchun  raxbar  xodimlarning  shaxsiy javobgarligi.

3.3. Xodimlarni  sifat  sohasidagi  muammolarni  xal etishga jalb etish.

3.4. Sifat  menejmentiga  tizimli  yondashuv,  sifatga  tasir  etuvchi  barcha  omillarni  kompleks tarzda xisobini yuritish.

3.5. Xizmatlar  sifatini  zamonaviy metodlar  va ilmiy  texnik  yutuqlardan foydalangan holda uzluksiz oshirib borish.

3.6.  Boshqaruv qarorlarini ma’lumotlar analizi, obyektiv  va ishonarli  axborotlar asosida  qabul qilish.

3.7. Xamkorlar  bilan o’zaro xamkorlik qilish.